- hamshira;
- yuk avtomobili haydovchisi;
- yuk va qishloq xoʻjaligi avtomobillariga texnik xizmat koʻrsatish;
- mehmonxona;
- restoran;
- turizm;
- hunarmandchilik;
- mexatronika;
- qurilish va boshqalar.
Oylik maosh esa Ausbildung (dual taʼlim boʻyicha ishga jalb qilish, batafsil — bu yerda) asosida ishga jalb qilishda — 1000 yevrodan, toʻgʻridan-toʻgʻri ishga jalb qilish — 2000 yevrodan boshlanadi.
Boʻsh ish oʻrinlari uchun arizalarni mazkur havola orqali qoldirish mumkin.
Germaniyada ushbu sohalarda ishlash istagidagi nomzodlar uchun respublika hududlarida nemis tili kurslarini tashkil etish imkoniyati mavjud, deyiladi agentlik xabarida.
Tashkilot, shuningdek, mavjud boʻsh ish oʻrinlariga munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan barcha oʻquv markazlarini hamkorlikka chaqirdi.
Ushbu jarayon boʻyicha batafsil maʼlumot olish uchun +998 71 202 33 55 va 71 200 00 61 raqamlariga telefon qilish mumkin.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati