Samarqandda Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan kelgan 140 nafarga yaqin yoshlar ishtirokida Mintaqaviy inklyuziv IT-oromgoh yakunlandi. Ular dasturlash, 3D -modellashtirish, sxemotexnika va elektrotexnika asoslarini o‘rgandi.
Besh kun davomida maktab o‘quvchilari tajribali mentorlar rahbarligida nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishdi, balki hamfikrlar bilan tanishish va tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.
IT - oromgohning yopilish marosimida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi ishtirok etdi. Tadbirda yoshlar egallagan ko‘nikmalarini faxr bilan namoyish etdi hamda Ziroat Mirziyoyeva bilan IT - sohasidagi bo‘lajak kasbini tanlash rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA
- Qo'shildi: 28.06.2024
- Ko'rishlar: 1406
- Chop etish