Prezident tomonidan “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.
Qonun bilan 20 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda, ular fuqarolar va davlatning turli faoliyatiga oid.
Quyidagi holatlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lanadigan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlarni amalga oshirganlik haqida to‘lov hujjatlarini taqdim etilishi haqidagi talab bekor qilinmoqda:
- banklar, kredit byurolarini tashkil etishda;
- partiya, NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda;
- advokatlik maqomini olishda;
- hakamlik sudlariga murojaat etishda;
- maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari reyestriga kiritishda.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshga to‘lgan fuqarolarni hisobga qo‘yish ularga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida 2021 yil 1 iyunga qadar hisobga qo‘yilmagan fuqarolarni hisobga qo‘yish ularning yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan JShShIRdan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan OAVni ro‘yxatga olish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish muddati qisqarmoqda (15 dan 10 kungacha).
Advokatga guvohnoma berish muddati qisqarmoqda (2 ish kuni ichida). Advokatlik tuzilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, ularni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat boji miqdori kamaymoqda (BHMning 1 baravari).
Nodavlat arxiv faoliyatini amalga oshirishni boshlash uchun “O‘zarxiv” agentligini xabardor etish kifoya qiladi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 23.02.2024
- Ko'rishlar: 2015
- Chop etish