O‘zbekistonda mansabdorlar ko‘proq qanday jinoyat sodir etayotgani aytildi

6 oyda 2389 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. 

Bosh prokuratura mansabdor shaxslarning 2024 yil birinchi yarmidagi jinoyatchiligi tahlilini e’lon qildi.

6 oyda 2525 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2389 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan. 

Yanvar-iyun oylarida jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 23 nafari respublika miqyosidagi xodimlar, 223 nafari viloyat miqyosidagi xodimlar, 2143 nafari tuman (shahar) miqyosidagi xodimlar bo‘lgan.

Javobgarlikka tortilgan mansabdorlar eng ko‘pi — 1467 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish jinoyatini sodir etgan. Undan keyin pora oldi-berdisi, unda vositachilik qilish jinoyati — 158 nafar. Firibgarlik jinoyati esa uchinchi o‘rinda — 191 nafar.

104 nafari mansab vakolatini suiiste’mol qilgan, 30 nafari hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqan, 48 nafari mansab soxtakorligiga yo‘l qo‘ygan, 28 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qaragan. Qolgan 363 nafari esa boshqa jinoyatlarni sodir etgan.

Kun.uz

Powered by GSpeech