Bir yil oldin bu raqam 30,9 mln nafarni tashkil qilgandi.
O‘zbekistonda mobil aloqadan qancha aholi foydalanishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 34,2 mln nafarga yetgan. Shundan 28,8 mln nafari aholida qayd etilgan.
Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 79 birlikni tashkil etdi. Bu raqam 2020 yilda 69 birlikni, 2021 yilda 71 birlikni, 2022 yilda 73 birlikni tashkil qilgan.
2022 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni 30 mln 955,8 ming nafarni tashkil etgandi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 06.02.2024
- Ko'rishlar: 1886
- Chop etish