O‘tgan yili 10 842 nafar o‘zbekistonlik xorijiy davlatlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan.
Statistika agentligi ma’lum qilishicha, 2024 yilda O‘zbekistondan chet elga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (8 792 kishi) va Rossiyaga (1 601 kishi) borgan. Shu bilan birga, mamlakatni tark etganlar ulushi Janubiy Koreya (96 kishi), Qirg‘iziston (73 kishi), Turkmaniston (39 kishi) va boshqa mamlakatlar (241 kishi) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Taqqoslash uchun, 2023 yilda xorijga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan o‘zbekistonliklar soni o‘tgan yildagidan sezilarli ko‘p (17 336 kishi) bo‘lgan. Jumladan, Qozog‘istonning o‘ziga 14 051 kishi, Rossiyaga 2 670 kishi ko‘chib ketgan.
2024 yilda O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 2 229 kishini tashkil etgan. Shundan 813 nafari Rossiyadan, 539 nafari Qozog‘istondan bo‘lgan. Shu bilan birga, mamlakatga Tojikistondan 241 kishi, Qirg‘izistondan 153 kishi doimiy yashash uchun ko‘chgan.
Kun.uz
- Qo'shildi: 31.01.2025
- Ko'rishlar: 199
- Chop etish