Pavel Durov hibsga olinganidan keyin birinchi marta bayonot berdi

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan keyin birinchi marta bu holatga izoh berdi.

TASS tadbirkor bayonotining asosiy jihatlariga e'tibor qaratdi.

Telegram asoschisining aytishicha, hibsga olinishi, shuningdek, Fransiya rasmiylarining savollari u uchun kutilmagan bo'ldi.

Uning fikricha, Fransiya hukumati uni emas, Telegramni sudga berishi kerak edi.

Tadbirkor Telegramning Yevropa Ittifoqida so'rovlarni qabul qiluvchi rasmiy vakili borligini ta'kidladi.

Tadbirkorning aytishicha, u Fransiya rasmiylariga ularning iltimosiga ko'ra terrorizmga qarshi kurashish uchun Telegram orqali ishonch telefonini yaratishda yordam bergan.

Pavel Durov, shuningdek, Telegram “anarxistik jannat”ga aylangani haqidagi da'volarni ham rad etdi. Uning qo'shimcha qilishicha, Telegram foydalanuvchilari soni 950 millionga yetgan, bu esa jinoyatchilar uchun platformani suiiste'mol qilishni osonlashtirgan muammolarni keltirib chiqargan.

Kelajakda Telegram asoschisi jinoyatchilar tomonidan messenjerni suiiste'mol qilish ehtimoli bilan bog'liq vaziyatni bartaraf etish choralarini ko'rishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi tass.ru.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech