U ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video 2022 yil oktyabr oyida olinganini aytib, qilgan harakati uchun qonunda belgilangan jazoga rozi ekani, mijoz va uning yaqinlaridan uzr so‘rashini bildirdi.
Toshkent tumanida mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh Ma’murjon Turg‘unov uzr so‘rab chiqdi.
“Toshkent tumanida sartaroshlik faoliyatini olib boraman. 2022 yil oktyabr oylarida xizmat olib borayotgan vaqtimda menga notanish bo‘lgan fuqaro soch oldirish uchun keldi. Men sochingni olaymi yoki soqolingnimi, deya so‘radim. U uch-to‘rt marta sochimni oling, soqolimni oling, dedi.
Men qizishib ketib, jahl ustida sochini kalga olib tashladim. Ismi keyin menga ma’lum bo‘lgan Jasur ismli fuqarodan, uning ota-onasi, aka-ukasi va yaqinlaridan uzr so‘rayman”, degan sartarosh.
Shuningdek, u holat bo‘yicha qonunda belgilangan har qanday jazoga rozi ekani, qilgan ishidan pushaymonligini, bunday holat boshqa takrorlanmasligini ma’lum qilgan.
Avvalroq sartarosh mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagani, uning qilmishi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish hisoblanishi xabar qilingandi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 22.04.2024
- Ko'rishlar: 1783
- Chop etish