Bosh prokuratura hamda Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishda hokim oʻrinbosarining harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalarida koʻrsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda mansabdor shaxsga nisbatan MJtKning 51-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.
Milliy komissiya barcha masʼullarni, shuningdek, ish beruvchilarni, hudud rahbarlarini xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga chaqiradi.
Shu oʻrinda Konstitutsiyamizga muvofiq har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga egaligi, shuningdek, mamlakatimizda majburiy mehnat taqiqlanganligi hamda milliy qonunchiligimizda bolalar mehnati va majburiy mehnat uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligi haqida eslatib oʻtamiz.
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha komissiya.