Rossiya Federatsiyasi qit'alararo ballistik raketani sinovdan o'tkazdi

Rossiyaning Kapustin Yar poligonidan qit'alararo ballistik raketaning sinov parvozi amalga oshirildi.

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

“2024-yil 12-aprel kuni Astraxan viloyatidagi Kapustin Yar 4-Davlat markaziy poligonidan Strategik raketa qo'shinlarining jangovar ekipaji erdagi harakatchan raketa tizimidan iborat qit'alararo ballistik raketani muvaffaqiyatli uchirdi. Olingan natijalar Rossiya Federatsiyasining strategik xavfsizligini ta'minlash uchun Rossiya raketalarining ishonchliligini tasdiqladi. Uchirilish bilan bog'liq vazifalar to'liq bajarildi”, deyiladi xabarda.

Raketaning ushbu sinov tarzida uchirilishi istiqbolli raketa tizimlarining davlat sinovi, shuningdek, mavjud raketalarning barqarorligini tasdiqlash doirasida amalga oshirildi, deb xabar beradi report.az.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech