Jahon banki e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston dunyo bo‘yicha gender tengligi sohasida eng samarali rivojlanayotgan davlatlar 5 taligiga kirdi.
“Bunday natijaga erishishimizga ayollarni zo‘ravonlik va kamsitishdan himoya qilish borasida qabul qilingan qonunlar sabab bo‘ldi. Albatta, biz birdaniga eng rivojlangan ongli jamiyatda yashay boshladik, zo‘ravonlikni tag-tugi bilan yo‘q qildik, deya olmaymiz. Bu – qonunlarni hayotga doimiy tatbiq qilish, mehnat faoliyati uchun barchaga birdek sharoit yaratish, teng iqtisodiy imkoniyat berish ustida tinimsiz ishlashimiz zarur, degani.
Biz bugun shunday darajaga yetdikki, xotin-qizlarga faqat kvotalar va alohida imtiyozlar berishning o‘zi kamlik qiladi. Men jamiyatimizda amalda ayollarga mutlaqo teng imkoniyatlar beradigan tizimli o‘zgarishlar bo‘lishini istardim”, deydi prezident maslahatchisi Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, har kuni zo‘ravonlik va eskicha qarashlarga qarshi kurashib, temir to‘siqlarni sindirib, mashaqqatli islohotlarni amalga oshirishga hissa qo‘shayotganlar – haqiqiy qahramonlik ko‘rsatmoqda.
“Bunday insonlarning har biriga rahmat deyman”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Kun.uz
- Qo'shildi: 06.03.2024
- Ko'rishlar: 1778
- Chop etish