Shu yilning 29-mart kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkaziladi

Ekologiya vazirligi barchani “Avtomobilsiz kun”ga befarq boʻlmaslikka, shaxsiy avtomobillar oʻrniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqiradi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan joriy yilning 29-mart, juma kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkaziladi.

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini «Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi 37-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi.

“Avtomobilsiz kun”ni oʻtkazishdan asosiy maqsad sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlashtirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.

Ekologiya vazirligi barchani “Avtomobilsiz kun”ga befarq boʻlmaslikka, shaxsiy avtomobillar oʻrniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqiradi.

 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech