15 mart Toshkentda garchi quyoshli boshlangan bo‘lsa-da, atrofni ko‘mir hidini eslatuvchi achchiq va qalin tutun qoplagan. Toshkent dunyoning havosi eng ifloslangan shaharlari ro‘yxatida 2-o‘ringa chiqdi.
Toshkentliklar 15 mart tongini ko‘mir hidini eslatuvchi achchiq va qalin tutun bilan qarshi olishdi. Bu tutun asosan shahar atrofidagi issiqlik elektr stansiyalaridan kelib chiqayotgani ehtimoli katta. Ularning faoliyati natijasida atmosferaga katta miqdorda zararli chiqindilar tarqalmoqda.
Tonggi soat 6:00 da Toshkent dunyoning havosi eng ifloslangan shaharlari ro‘yxatida 2-o‘ringa chiqdi.
Ma’lumot uchun, havodagi PM2.5 zarralari, o‘ta mayda bo‘lgani uchun, insonning nafas olish tizimiga osongina kirib, o‘pkalarga va hatto qon aylanish tizimiga yetib borishi mumkin. Bu zarralar nafas yo‘llari kasalliklari, o‘pka kasalliklari va yurak-qon tomir tizimi muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.
Toshkentdagi havoning bu darajada ifloslanishi aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Bu muammoga yechim topish va ifloslanish manbalarini kamaytirishga qaratilgan choralar hozircha samara bermayapti.
Kun.uz
- Qo'shildi: 15.03.2024
- Ko'rishlar: 2031
- Chop etish