Ukraina dunyoda o‘lim darajasi eng yuqori va tug‘ilish ko‘rsatkichi eng past davlat sifatida tan olindi. AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi e’lon qilgan yer yuzi aholisi ko‘payishi va kamayishi bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumot shunday xulosa chiqarish uchun asos beradi.
Ukrainada o‘lim darajasi hozir 1000 kishiga 18,6 nisbatni tashkil etgan. Bu dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich.
Mazkur salbiy holat bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan Litvada ushbu raqam 15,02. Serbiyada esa har ming insondan 14,9 nafari hayot bilan vidolashmoqda.
Qatarda o‘lim darajasi eng past - har 1000 kishiga 1,4 odam to‘g‘ri keladi.
Tug‘ilish darajasi bo‘yicha Ukraina 1000 ga 6 natija bilan oxirgi o‘rinni band etgan.
Fransiyaning Sen-Per va Mikelon hududlarida inson dunyoga kelishi 1000 fuqaro orasidan 6,4 ko‘rsatkich bilan ro‘yxatning oxiridan ikkinchi pog‘onada turibdi.
Niger 1000 kishiga 46,6 nisbat bilan tug‘ilish darajasi bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston reytingda o‘lim holati bo‘yicha 190-o‘rinda, tug‘ilish bo‘yicha esa 64-o‘rinda bormoqda.
Sh. Mamaturopova,
O‘zA
- Qo'shildi: 16.09.2024
- Ko'rishlar: 1010
- Chop etish