Moviy fon (Pantone 3125C) musaffo osmon, tinchlik va farovonlik ramzi. Monoxrom fon turkiy xalqlarning birligini ifodalaydi. Tarixan moviy rang turkiy madaniyat va an'analar bilan bog'liq bo'lib, bu uning madaniy ahamiyatini yanada oshiradi.
Sakkizburchak ko'p asrlik turkiy davlatchiligini ifodalab, respublika barpo etilganligi, umumiy turkiy madaniy merosdan kelib chiqqan barqarorlik, o'zaro bog'liqlik va kuch-quvvat ramzidir. Turkiy va islom an'analarida sakkizburchak etakchilik va donolik ramzi hisoblanadi.
Quyosh o'zining qirqta to'g'ri nurlari bilan bir tekisda tarqalib, yorug'lik, ochiqlik va hayotiylikni anglatadi. Nurlar turkiy dunyoning yo'lini yoritib, uni yanada porloq va farovon kelajak sari yetaklovchi umumiy qadriyatlar va umumiy qarashni ifodalaydi.
Butun turkiy dunyoga mashhur timsol bo'lgan yarim oy va yulduz turkiy davlatchilik, yuksalish, kelajakka intilish va taraqqiyot ramzidir. Bu elementlar turkiy davlatlarning boy umumiy tarixiga asoslangan tashkilotning dinamik va istiqbolli ruhini aks ettiradi.
Mazkur bayroq Turkiy davlatlar tashkiloti missiyasining asosini tashkil etuvchi turkiy o'zlik, birlik, mushtarak meros va har tomonlama hamkorlikning asosiy belgilarini o'zida mujassam etgan, deb xabar beradi report.az.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»