Avval xabar qilganimizdek, Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva XMT Mehnat konferensiyasida ishtirok etish uchun Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib turibdi.
XMT mehnatkashlar faoliyati bo‘yicha byurosi direktori Mariya Xelena Andre bilan o‘tkazilgan muloqotda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, XMT bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish orqali kasaba uyushmalari mutaxassislarining malaka va salohiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekistonda tadbirkorlikning faol rivojlanishi, xususiy sektor ulushi ortib borishi va xalqaro brendlar tomonidan O‘zbekiston bozoriga qiziqish kuchayishi munosabati bilan xususiy korxonalarda kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISI SENATI
- Qo'shildi: 11.06.2024
- Ko'rishlar: 1881
- Chop etish