Xorijiy davlatlardan keladigan pensiya yoshidagi sayyohlarning O‘zbekistonda olti oygacha vizasiz bo‘lish tartibi ishlab chiqiladi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi va sohadagi tadbirkorlar bilan muloqotda ta’kidlandi.

Shuningdek, muloqotda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan:

- xorijiy davlatlardan keladigan pensiya yoshidagi sayyohlarning O‘zbekistonda olti oygacha vizasiz bo‘lishi tartibini ishlab chiqish;

kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi bo‘lgan uch kunlik biznes tadbirni tashkil qilganlarga tadbirdan olingan daromad solig‘ini 50 foizga kamaytirishqo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmini qaytarish tizimini joriy qilish;

- Toshkentdagi Chorsu bozori va Xivada milliy koloritga ega sharq bozorini tashkil etish;

bolalar oromgohlarini xususiy sheriklik asosida rivojlantirish kabi fikrlarni chuqur o‘rganib, ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar kiritish topshirildi.

O‘z navbatida, Prezidentimiz sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashini tuzishni taklif qildi. Bu tashabbus uchrashuvda ishtirok etgan turizm sohasi vakillari tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilish davomida mutasaddilarning hisobotlari va rejalari tinglandi.

O‘zA

Powered by GSpeech