Bunday qarorga aholi salomatligini mustahkamlash uchun kelingan. Biroq ayrim deputatlar bunga qarshi ham chiqqan.
Yaponiyaning Yamagata prefekturasi aholisi endi kuniga kamida bir marta bo‘lsa ham kulishga “majbur”. Prefektura parlamenti aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash maqsadida odamlarni kuniga kamida bir marta kulishga chaqiruvchi qarorni qabul qildi, deb yozmoqda The Asahi Shimbuan.
Ta’kidlanishicha, liberal-demokratik partiya ushbu qaror tashabbusi bilan chiqqan.
Hujjatda Yamagata prefekturasi aholisi jismoniy va psixologik salomatlikni mustahkamlash uchun kuniga kamida bir marta kulishga chaqirilgan. Shuningdek, ish beruvchilar ish joylarda kulgiga to‘la muhit yaratishga da’vat etilgan.
Bunday qarorga Yamagata universiteti tibbiyot fakulteti tadqiqotlariga ko‘ra kelingan. Tadqiqotda tez-tez kuladigan odamlarda erta o‘lim xavfi kamroq ekani aniqlangan.
Yamagatada har oyning 8-kunini “aholi kulgi orqali sog‘lig‘ini mustahkamlash kuni” deb e’lon qilindi.
Ushbu qaror ayrim deputatlar tomonidan tanqid ham qilingan. Ular, xususan, kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra kulishi qiyin bo‘lgan odamlarning huquqlarini poymol qilish mumkin emas deb hisoblashini aytgan. Kulish-kulmaslik insonning konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlaridan bir degan, kommunist deputatlardan biri Toru Seki.
Kun.uz
- Qo'shildi: 12.07.2024
- Ko'rishlar: 1413
- Chop etish