Joriy yilning 1 fevralidan tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy qilinadi. Elektrotexnika mahsulotlarini import qilishda rasmiy vakil bo‘lishi talab etiladi. Savdo belgilari va brendga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun jarimalar oshirilishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lganlarga kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar "ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi" asosida ko‘rsatiladi.
Shuningdek, “Yashil energiya” axborot tizimi va suvni tejovchi texnologiyalar uchun kreditlar berishning elektron tizimi ham to‘liq ishga tushirilishi belgilangan.
Xo‘sh, joriy yilning 1 fevralidan qonunchilikda yana nimalar o‘zgaradi?
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA
- Qo'shildi: 01.02.2024
- Ko'rishlar: 2001
- Chop etish