Butun dunyoda ushbu sananing belgilanishi bejiz emas. Xalqaro aksiyadan ko‘zlangan maqsad megapolislar aholisining e’tiborini avtomobillarning haddan tashqari ko‘pligi va ularning atrof-muhitga salbiy ta’siriga qaratishdan iborat.
SIZ shahar jamoat transportidan foydalanmoqdasiz. Bu ajoyib va eng to‘g‘ri tanlov!
Ekologik toza, zamonaviy va qulay jamoat transporti havoga chiqayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirib, yo‘lovchilarning xavfsiz sayohatini ta’minlamoqda.
Transport vazirligi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi bilan hamkorlikda “TAILEV” loyihasi doirasida barchani kam uglerodli jamoat transportidan muntazam foydalanishga chorlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi
- Qo'shildi: 23.09.2024
- Ko'rishlar: 1074
- Chop etish