Yaponiyada turmush qurgandan so‘ng juftliklarning bitta familiyada bo‘lishi qonunan talab qilinadi. Shu talab sabab bir xil familiyalilik ko‘payib borayotgani aniqlandi. Hozir mamlakatda eng mashhur familiya – “Sato”. Agar yagona familiya talabi o‘zgarmasa, 500 yildan keyin hammaning familiyasi “Sato” bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik kodeksiga 1800 yillarning oxirida kiritilgan talabga ko‘ra, oila qurgan juftliklar yagona familiyada bo‘lishi kerak. Tohoku universiteti professori Hiroshi Yoshida boshchiligida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, oila qurishda alohida familiya tanlash huquqi berilmasa, 500 yildan keyin, 2531 yilda barcha faqatgina bir xil familiyaga ega bo‘lib qolishi mumkin.
Aniqlanishicha, “Sato” familiyasi Yaponiyada eng ko‘p uchraydigan birinchi raqamli familiya, bunday familiyalilar aholining 1,5 foizini tashkil qiladi. Top ro‘yxatning ikkinchi o‘rinida “Suzuki” familiyasi turadi.
Yoshida hisob-kitoblariga ko‘ra, Sato familiyali odamlar 2022 yildan 2023 yilgacha 1,0083 baravarga oshgan. Agar bu doimiy davom etsa va familiyalar to‘g‘risidagi qonunchilikka hech qanday o‘zgarish kiritilmasa, yapon aholisining qariyb yarmi 2446 yilda Sato familiyasiga ega bo‘ladi, 2531 yilda esa barcha yaponlarni bir xil familiya kutyapti. Olimga ko‘ra, faqat Sato familiyasi bilan qolish nafaqat noqulay, balki shaxsiy qadr-qimmatga putur yetkazadi. Qolaversa, bu oila va hududiy merosning yo‘qotilishiga ham sabab bo‘ladi.
Yaponiyada juftliklar uchun yagona familiya sifatida istalgan birinikini tanlash imkoni beriladi, biroq 95 foiz holatda ayollar familiyasini o‘zgartirishlariga to‘g‘ri keladi.
Sato familiyasi ommalashishining boshqa bir ssenariysi ham mavjud: 2022 yilda Yaponiya Kasaba uyushmalari federatsiyasi 20 yoshdan 59 yoshgacha ming nafar xodim o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi. Unga ko‘ra, agar ularga tanlash imkoni berilsa, faqat 39,3 foiz odam yagona familiyalilikni tanlashini bildirgan. Agar tanlashga ruxsat berilsa, 2531 yilga borib faqat 7,96 foiz aholi bir xil “Sato” familiyasiga ega bo‘lishi mumkin.
Yaponiya er-xotinlarga bir xil familiyada bo‘lish majburiyatini qo‘ygan yagona davlat bo‘lib qolmoqda.
Hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) konservativ a’zolarining aytishicha, qonunni o‘zgartirish oila birligini buzadi va bolalar o‘rtasida tartibsizlikni keltirib chiqaradi.
Qo‘shimcha qilinishicha, akademik litseyda so‘nggi 4 yildan buyon umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya, fizika, matematika va ingliz tili fanlaridan “ITS” onlayn-oflayn respublika olimpiadasi o‘tkazib kelinadi.
Izohga ko‘ra, litseyning reytingi respublika miqyosida oldingi yillarga nisbatan 23 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan, xorijiy tillarni o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari 81,2 foizni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hokim Abduvaliyev litsey hududidagi 27,5 sotixli uchta bo‘sh yer uchastkasini “o‘lik va foydalanilmayotgan hovuz” deb atab, uning auksion orqali sotilishini hamda shu yo‘l bilan 22,5 mlrd so‘m (1 sotix uchun 65 ming dollar) jalb qilinishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov bu masalaga e’tibor qaratib, sotib yuborilgan maktab yerlarini qaytarish o‘rniga qolganini ham sotish tendensiyasi yangi to‘lqin bilan davom etishidan xavotir bildirgandi.
U ta’lim muassasasi yerlari faqatgina ta’lim uchun foydalanilishi kerakligini ta’kidlagandi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 17.04.2024
- Ko'rishlar: 1817
- Chop etish