Amerika Qo‘shma Shtatlari tashkil etilgandan buyon ilk bor rasmiy tilga ega bo‘ldi. Prezident Donald Tramp shu haqdagi tegishli farmonni imzoladi.
Ayni qonun federal miqyosda moliyalashtirish huquqiga ega davlat idoralari va tashkilotlarining boshqa tillarda hujjat va xizmat taklif qilish siyosatini o‘zgartiradi, deb yozdi BBC.
2000 yil sobiq Prezident Bill Klinton imzolagan hujjatga ko‘ra, shu paytgacha ingliz tilini bilmaydiganlarga rasmiy idoralar tomonidan til yordami ko‘rsatilar edi.
– Ingliz tilini rasmiy til sifatida belgilash nafaqat muloqotni soddalashtiradi, balki umumiy milliy qadriyatlarni ham mustahkamlaydi, yanada yaxlit va samarali jamiyat yaratadi, – deyilgan farmonda.
AQSH qariyb 250 yillik tarixi davomida birinchi marta federal darajada rasmiy tilni belgiladi. Aholini ro‘yxatga olish byurosi qayd etishicha, mamlakatning 340 million aholisidan 68 millionga yaqini boshqa tilda gaplashadi.
O‘zA
- Qo'shildi: 03.03.2025
- Ko'rishlar: 769
- Chop etish