Bunda xarajatlar 2024-yil 1-oktyabrgacha shahar, shahar atrofi, shaharlararo avtobusda yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini biriktirish boʻyicha tenderda gʻolib boʻlib, ushbu yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatgan tadbirkorlarning har bir avtobusi uchun qoplanadi.
Shuningdek, 2024-yil 1-noyabrdan I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻz nomiga rasmiylashtirilgan va shaxsiy foydalanuvida boʻlgan 1 ta avtotransport vositasi uchun amalga oshiriladi.
Avtotransport vositalarini quyidagilar bilan jihozlash uni nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish deb eʼtirof etiladi:
tadbirkorlarning avtobuslari uchun:
- yigʻma pandus (1 dona);
- audio va vizual axborot beruvchi monitor (1 dona);
- axborot beruvchi kolonka (koʻpi bilan 3 ta);
- maʼlumotlarni uzatuvchi mikrofon (1 dona);
- aloqa tugmasi;
- bekatlar haqida axborot olish imkonini beruvchi maʼlumotlar taxtasi bilan jihozlash (1 dona);
I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalari uchun:
- gaz va tormoz pedalini qoʻl boshqaruviga oʻtkazish;
- mexanik uzatish qutisini avtomat uzatish qutisi qilib qayta jihozlash xarajatlari.
Ariza beruvchilar avtotransport vositasi talablarga moslashtirilgan vaqtdan eʼtiboran 90 kun ichida “Inson“ markazlariga yoki “Yagona“ milliy ijtimoiy himoya“ axborot tizimi yoxud YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»