Poytaxtimizdagi “Tashkent International” mehmonxonasida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblarining “Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida qo‘shma o‘quv-seminari o‘z ishini boshladi.
O‘quv-seminarini ochib bergan AOKA direktori A.Xodjayev ishtirokchilarni qutlar ekan, turkiy mamlakatlar bilan har tomonlama, shu jumladan, axborot sohasida aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihatlaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Tadbirda, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti kotibi Almagul Serikbayeva, Ozarbayjon Audiovizual kengashi raisi Ismat Sattarov, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi Axborot qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Aksholpan Marat, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekarlar ham so‘zga chiqib, qo‘shma-seminarning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
O‘quv-seminari TDTga a’zo mamlakatlarning Axborot xizmatlari faoliyati taqdimotlari bilan davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘quv-seminari doirasidagi tadbirlar 30-mayga qadar davom etadi.
- Qo'shildi: 27.05.2024
- Ko'rishlar: 1482
- Chop etish