Donald Tramp prezidentligining dastlabki o‘n kunida 38 ta farmon imzoladi. Hujjatlarning aksariyati noqonuniy migratlarga qarshi kurashish, inklyuzivlik va tenglik siyosatiga taalluqli.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘n kun ichida 38 ta farmonni imzoladi. U mazkur ko‘rsatkich bilan Qo‘shma Shtatlarning zamonaviy tarixidagi barcha prezidentlar orasida yetakchiga aylandi, deb xabar beradi Axios.
Reytingda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Oq uyning 46-rahbari Jo Bayden hamda 33-prezident Harri Trumen egalladi. Ular o‘z boshqaruvining dastlabki 100 kunida 40 dan ortiq farmonga imzo chekkan.
Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida chiqish qilgan Donald Tramp saylovlardagi g‘alabasi Amerika uchun «oltin asr»ni anglatishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u «so‘l radikallar siyosatini bekor qilish bo‘yicha tezkor choralar» ko‘rganini aytgan. Tramp tomonidan imzolangan dastlabki qonunlardan biri janubiy chegaralar orqali noqonuniy migrantlarning kirishini to‘xtatish va ularni mamlakatdan chiqarib yuborishga oid. Bundan tashqari, Donald Tramp rasmiylarga AQShda tug‘ilgan bolalarga fuqarolik bermaslikni buyurgan.
Shu bilan birga, Tramp gender siyosatini o‘zgartirishga oid farmonlarni ham imzolagan: endi AQShda faqat erkak va ayol jinsi tan olinadi, davlat esa voyaga yetmaganlar jinsini o‘zgartirishini moliyalashtirishni to‘xtatadi. Trampning ko‘plab farmonlari inklyuzivlik va tenglik siyosatiga taalluqli. Shuningdek, prezident Kapitoliydagi tartibsizliklarda ayblangan 1,5 mingga yaqin shaxsni afv etgan.
Kun.uz
- Qo'shildi: 30.01.2025
- Ko'rishlar: 221
- Chop etish