Ijtimoiy tarmoqlarda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini sensatsiya sifatida ko‘rsatish, bu orqali kuzatuvchilar sonini oshirishga bo‘lgan harakatlar jamiyatda ushbu ko‘rinishdagi jinoyatlarga e’tiborsizlik kayfiyatining shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu jamiyatda ayollarga nisbatan xo‘rlash va kamsitishga yo‘l ochib, jabrlanuvchilarni sukut saqlashga majbur qilmoqda.
Jumladan, 2024-yilning ikkinchi yarmida internet milliy segmentida ayollar huquqlari buzilishi bilan bog‘liq 247 ta holat yuzasidan 5 122 ta material tarqalgan. Ularning umumiy ko‘rishlar soni 76,6 millionga yetgan, Bu esa ushbu muammoning keng tarqalganidan dalolat.
Media resurslar aslida zo‘ravonlik va uning salbiy oqibatlarini qoralashi kerak. Shuning uchun ham qonunchilikni takomillashtirish va ayollar himoyasini kuchaytirish zarur.
Gazetalar sharhi Telegram kanali
- Qo'shildi: 14.04.2025
- Ko'rishlar: 153
- Chop etish