“G‘azo “yer yuzidagi do‘zax”ga o‘xshaydi”. Birlashgan Millatlar Tashkiloti falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi bayonotida sektorga shunday ta’rif berilgan.
Hujjatda ta’kidlanishicha, anklav janubidagi Rafoh shahridagi ko‘chirilganlar lageri o‘qqa tutilishi bu fikr yana bir bor tasdiqlaydi. G‘azoda xavfsiz joy qolmagan. Agentlik Rafohdagi xodimlari bilan aloqani yo‘qotdi.
– Xodimlarimizni topolmayapmiz, hududga ko‘chirilganlar xavfsizligidan juda xavotirdamiz, – deyilgan axborotda.
Xabarlarga ko‘ra, ikki kun avval Rafoh shahriga ko‘chirilganlar chodiri o‘qqa tutilgan, kamida 40 falastinlik halok bo‘lgan. Avvalroq, Xalqaro sud hujumlarni zudlik bilan to‘xtatish haqida qaror chiqargan edi.
O‘zA
- Qo'shildi: 29.05.2024
- Ko'rishlar: 1417
- Chop etish