BMT Myanmada zo‘ravonlik kuchayishidan xavotirda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Myanmada zo‘ravonlik kuchayib borayotganidan ogohlantirib, ko‘chirilgan odamlar, jumladan arakanlik musulmonlardan jonli qalqon sifatida foydalanilayotganini qayd etdi.

Myanma Qurolli kuchlari va barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida o‘tgan tadbirda AQSHning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Robert Vud tuzilma nomidan bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatda sodir etilgan davlat to‘ntarishidan keyin insonparvarlik yordamiga muhtojlar soni 1 milliondan 18,6 millionga ko‘tarilgan.

– 2,9 milliondan ziyod odam uy-joyini tark etdi, jumladan 66 ming nafar inson qo‘shni davlatlarga, to‘ntarishdan oldin qochib ketgan 1 milliondan ortiq rohinja qochqinlariga qo‘shimcha ravishda himoya so‘ragan, – dedi siyosatchi. – Mamlakat xalqaro gumanitar va inson huquqi qonunlarini hurmat qilishi, begunoh aholini himoya qilishi kerak.

Mulozim tashkilot ixtiyorida ushbu mamlakatda xalqaro inson huquqi buzilayotgani to‘g‘risida ishonchli hisobot mavjudligini bildirib, Myanmadagi gumanitar inqiroz kuchayib borayotganini qo‘shimcha qilgan.

O‘zA

Powered by GSpeech