Bundan tashqari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) ishtiroki, ularning majburiyatlari, ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmaslik nazarda tutilmoqda. Shuningdek, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha ularga himoya orderi berish tizimi joriy qilinmoqda.
Loyihani ishlab chiqishda Germaniya, Fransiya, Daniya, Singapur, Vengriya, Bolgariya, Albaniya, Gruziya kabi davlatlarning tajribasi o‘rganilgan.
Ayni vaqtda qonun loyihasi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati