Britaniyada kiberkuzatuv taxdidi: ayollar va yoshlar asosiy nishonda

Birlashgan Qirollik olimlarining yangi tadqiqotiga ko‘ra, kiberkuzatuv (cyberstalking) an’anaviy jismoniy kuzatuvdan tezroq rivojlanmoqda. 2012–2020 yillar oralig‘ida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasi bu turdagi onlayn ta’qib holatlari 1% dan 1,7% ga ko‘tarilganini ko‘rsatdi.

Kiberkuzatuvga ruxsatsiz xabarlar, elektron pochta orqali tahdidlar, jonli efirlarda ta’qib qilish yoki ruxsatsiz shaxsiy suratlarni internetda tarqatish kiradi. Ayollar va yoshlar bu jinoyatning asosiy qurboni bo‘lib chiqmoqda.

Mutaxassislar Britaniya hukumatini kiberkuzatuv bo‘yicha huquqiy aniqlik kiritish, jamoatchilikni xabardor qilish va jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Powered by GSpeech