Prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilalarga har tomonlama koʻmak berilmoqda.
Jumladan, ularning 181 tasining uy-joyi taʼmirlanib, 57 tasiga yangi uy — joylar qurib berilishi taʼminlandi.
Shuningdek, 2 ming nafardan ortiq ehtiyojmand oilaning ishsiz aʼzolari bandligi taʼminlandi.
“Ayollar” va “Yoshlar daftarlari”ga kiritilgan 246 673 nafar xotin-qizlar va 36 687 nafar yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini koʻllab — quvvatlashga doir ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Prokurorlar tashabbusi bilan 582 marotaba mehnat yarmarkalari oʻtkazilib, ularda 8 ming 759 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.
Ish haqi va nafaqa pullarining 4,2 mlrd. soʻmi talon — toroj qilinganligi aniqlanib, 52 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Shu bilan birga, 10 789 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik toʻsqinliklar aniqlanib, bartaraf etildi hamda 8030 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 2 426 ta muammo ijobiy hal etildi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»