Italiya va O‘zbekiston ekomuammolarga qarshi kurashishda hamkorlikni chuqurlashtiradi

Italiyaning Panorama jurnalida COR29 konferensiyasi Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik loyihalarini boshlash joyiga aylandi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar beradi "Dunyo".

"Markaziy Osiyo mintaqasidagi O‘zbekiston BMTning COR29 ishida faol ishtirok etdi. O‘zbekiston va Italiya Markaziy Osiyoga ta’sir etayotgan ekologik ofatlarga qarshi kurashishda ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish niyatida", – deyilgan maqolada.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti COR29 asosiy yalpi majlisidagi nutqida mamlakat o‘z oldiga 2030 yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini 35 foizga qisqartirish, energiyaga bo‘lgan ehtiyojning 40 foizini "yashil" energiya hisobidan qoplash vazifasini qo‘yganini ta’kidladi. O‘zbekiston yetakchisi, shuningdek, transchegaraviy suv resurslari ifloslanishining oldini olish uchun mintaqadagi barcha davlatlarni birlashtiradigan ko‘p tomonlama yondashuvga chaqirdi.

Nashrda O‘zbekiston yaqin tarixdagi eng dahshatli ekologik ofatlardan birining markazida bo‘lib qolayotgani alohida ta’kidlangan. "Ushbu muammo Orol dengizini dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘ldan qumorolga aylantirdi. Buning sabablari 1960-yillarga borib taqaladi. Ya’ni sobiq ittifoq hukumati dengizga quyiladigan ikki asosiy daryosi – Amudaryo va Sirdaryo suvlarini boshqa joyga yo‘naltirib, yaqin hududlarda paxta yetishtirishni ko‘paytirdi", – deya qayd etgan bosma nashr.

Kun.uz

Powered by GSpeech