Bugun butalanmagan daraxt shoxlari va notekis yo‘llar bilan haydovchilar har kuni yuzma yuz kelishmoqda va ularni aylanib o‘tishda nafaqat vaqtni yo‘qotishadi, balki o‘z-o‘zidan yo‘l harakati qoidalarini buzishga majbur bo‘lishdi. Bu esa yo‘lovchilar uchun ham xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda.
Yo‘l harakati qoidalarini nazorat qiluvchi idoralar esa birinchi galda, haydovchilarning xavfsiz harakati uchun yo‘llarning tekis-ravonligi, transport boshqaruvi vaqtida xalaqit qilayotgan sun’iy to‘siqlarni bartaraf etishlari lozim.
Biroq, bu boradagi loqaydlik va ko‘rib ko‘rmaganlikka olish holatlari muammo ustiga muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Joriy yilning 12-avgust kuni Mirobod hamda Yashnobod tumanidagi ayrim bekatlarda bo‘lib, achinarli manzaralarni tasvirga muhrladik.
M.Eshmirzayeva, A.Sodiqov, O‘zA
- Qo'shildi: 27.08.2024
- Ko'rishlar: 1082
- Chop etish