Inson huquqlari sohasida qabul qilingan Milliy harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi muhokamasi

28-fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Inson huquqlari sohasida qabul qilingan Milliy harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi muhokamasi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu tadbir BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tavsiyalarini samarali amalga oshirish, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni muhokama qilishga qaratilgan.

Bundan tashqari, Inson huquqlari sohasida qabul qilingan Milliy harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarning vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi holati hamda amalga oshirishdagi muammo va to‘siqlarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Jofri Ijumba, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosining O‘zbekistondagi Milliy dastur koordinatori Ildar Fayzullin o‘z tabrik so‘zlari bilan seminarni ochib berdi.

Xususan, A.Saidov ta’kidlaganidek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari hamda boshqa mexanizmlarining tavsiyalarini amalga oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlangan jami 6 ta milliy harakatlar rejasi ijrosi bo‘yicha monitoring amalga oshirilmoqda. Shundan 4 tasi bevosita BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tavsiyalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasidir, 2 tasi esa maxsus protsedura tavsiyalarini amalga oshirishga tegishli.

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Joffri Ijumba o‘z nutqida Hukumat hisobotlaridan tashqari, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari O‘zbekistondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat haqidagi tushunchalarini kengaytirish uchun nohukumat tashkilotlar (NNT), fuqarolik jamiyati guruhlari va milliy inson huquqlari institutlari ma’lumotlarini ham ko‘rib chiqishini ta’kidladi.

Shuningdek, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosining O‘zbekistondagi Milliy dastur koordinatori Ildar Fayzullin so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tavsiyalarini samarali amalga oshirish, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish bo‘yicha idoralararo hamkorlik mustahkamlanib borayotganligini qayd etib o‘tdi.

Markaz tomonidan olib borilayotgan monitoring natijalari asosida tegishli davlat organlariga tavsiyalar berilmoqda va ularning ijrosi nazoratga olinmoqda. Bu esa o‘z navbatida, xalqaro standartlarga muvofiq milliy qonunchilikni takomillashtirish va amaliyotni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Ushbu monitoring natijalari asosida inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan tizimli tahlil olib borilmoqda. Milliy harakatlar rejalarining samarali amalga oshirilishi orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida muhim qadamlar qo‘yilmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining bolalar huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shu jumladan, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tavsiyalarini amalga oshirish va Milliy harakatlar rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni yanada samarali amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilishdan iborat.

Shuni ta’kidlash joizki, tadbir davomida BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha bergan tavsiyalari amalga oshirilishi holati hamda bu bo‘yicha Milliy harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarning bajarilishi holati ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari yakuniy tavsiya va mulohazalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakat rejasi (MHR) tadbirlarida belgilangan bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyati, gender tengligiga erishish va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar kabi mavzular muhokama qilindi.

Powered by GSpeech