Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Beshinchi Samarqand forumi minbaridan

Forumning xalqaro qismida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedevning nutqi muhim o‘rin egalladi. U Forumning Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarning 60-yilligi va Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 40-yilligi, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining 30-yilligi nishonlanayotgan davrda o‘tkazilishi ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidladi.

Sergey Lebedev Forumning mintaqaviy hamkorlikdagi ahamiyatiga to‘xtalar ekan, Samarqand forumi MDH davlatlarining ko‘p tomonlama sherikligi amaliy davomi hamda inson huquqlarini himoya qilish, rivojlanish huquqini ro‘yobga chiqarish va zamonaviy chaqiriqlarga javob berish sohasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish maydoni ekanini qayd etdi.

MDH Bosh kotibi fikricha, «Samarqand forumi ana shu ko‘p tomonlama sheriklikning amaliy davomidir. Xalqaro va mintaqaviy tajribani o‘zida mujassam etgan holda, u har bir fuqaroning manfaatlari so‘zsiz ustuvor bo‘lgan sharoitda shaxs huquqlarini himoya qilish, taraqqiyot huquqini ro‘yobga chiqarish va zamonaviy chaqiriqlarga samarali javob qaytarish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishda nufuzli platforma bo‘lib xizmat qiladi».

Sergey Lebedev Hamdo‘stlik davlatlari inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari vakillari ishtirok etayotgan MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining rolini hamda mintaqaviy hamkorlikning huquqiy asosi sifatida 1995-yil 26-maydagi Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi MDH Konvensiyasining ahamiyatini alohida ta’kidladi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 09.10.2026 Ko'rishlar 202
Ulashish