Poyxtaxtimizdagi muhtaşam «Hilton Taşkent City» mehmonxonasi ikki kunga Özbekiston va Rossiya axborot makonining boş muloqot markaziga aylandi. Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) va Rossiyaning «TASS» axborot agentligi hamkorligida taşkil etilgan III Özbekiston–Rossiya media forumi davlat idoralari mas’ullari, yetakçi mediaxoldinglar, IT-sektor hamda kreativ industriyadan 200 dan ziyod iştirokçini bir maydonga jamladi.
Forumning tantanali oçiliş marosimi va yalpi majlisida sözga çiqqan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boşliği – Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov öz ma’ruzasida bugungi axborot dunyosining global çaqiriqlari, Özbekiston media maydonidagi tub yangilanişlar va ikki davlat professional hamjamiyati oldida turgan törtta strategik yönalişning mohiyatini oçib berdi.
Özaro işonç va yuksak muloqot mahsuli
Şerzod Asadov öz nutqining avvalida mazkur forum şunçaki muhokamalar maydoni emas, balki ikki davlat rahbarlari örtasidagi mustahkam strategik şeriklikning yorqin körinişi ekaniga urğu berdi:
«Bugungi forumimiz mamlakatlarimiz örtasida yuksak darajagi munosabatlarning ifodasidir. Bu aloqalar negizida yetakçilarimiz — Prezident Şavkat Mirziyoyev va Prezident Vladimir Putinning döstligi hamda özaro işonçi mujassam. Aynan davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi, ularning doimiy va işonçli muloqoti barça yönalişlardagi — iqtisodiyot va energetikadan tortib, madaniyat, ta’lim va, albatta, media sohasigaça — hamkorligimizga faol sur’at bağişlamoqda».
Ortga qaytmas islohotlar
Prezident matbuot kotibi axborot bugun şunçaki yangilik yetkaziş vositasi emas, balki davlat taraqqiyoti, xalqaro maydondagi işonç va global kun tartibini belgilovçi strategik omilga aylanganini ta’kidladi. Ma’ruzada sönggi yillarda Özbekiston milliy media makonida amalga oşirilgan islohotlar salmoqli raqamlar bilan asoslab berildi:
Xususiy sektorning ösişi: Mamlakatda faoliyat yuritayotgan qariyb 3 mingta (2 700 ta) ommaviy axborot vositalarining 67 foizi xususiy kapital hissasiga töğri kelmoqda. Bu milliy axborot makonida erkinlaştiriş jarayonlari ortga qaytmas tus olganidan dalolat beradi.
Kitobxonlik madaniyatining tiklanişi: Birgina joriy yilning özida naşriyot tarmoğida işlab çiqariş hajmi ikki barobar oşdi: 15 ming nomdagi kitoblar 60 million nusxadan ortiq umumiy adadda bosib çiqarildi. «Dunyoda bosma matnga bölgan işonç susayib borayotgan bir paytda, Özbekiston odamlarni kitobga, mutolaa zavqiga oşno etiş yölini tanladi», — deya qayd etdi Ş.Asadov.
Raqamli qamrov va blogosfera: Mamlakatda internet qamrovi 94 foizga yetdi.-2017-yilda faol kontent iste’molçilari soni 14,7 million kişini taşkil etgan bölsa, hozirga kelib bu körsatkiç 32,7 milliondan oşdi. Bu esa professional blogerlar jamoatçiligi şakllanişiga va ularning yetakçi tahririyatlar bilan teng şaroitda kun tartibini belgilaşiga imkon yaratdi.
Milliy mediabank va sifatli mahsulot: Yil davomida Kontent markazi tomonidan tayyorlangan 26 mingdan ortiq mediamahsulot qariyb 2 milliard marta tomoşa qilindi. Şuningdek, Markaziy Osiyoda ilk bor yuqori sifatli vizual kontentni-jamlagan Milliy mediabank işga tuşirilib, mamlakat haqidagi ön minglab foto va videomateriallar oçiq foydalaniş uçun taqdim etildi.
Dezinformatsiya — umumiy suverenitetga tahdid
Şerzod Asadov sun’iy intellekt rivojlanib, feyk va dipfeyklar hajmi yil sayin ikki barobarga ortib borayotgan bir vaqtda axborot manipulyatsiyasiga qarşi turiş nafaqat tahririyatlar, balki milliy xavfsizlik darajasidagi masalaga aylanganini alohida körsatib ötdi:
«Heç bir milliy media tizimi bunday çaqiriqqa qarşi yolğiz özi kuraşa olmaydi. Şu nuqtayi nazardan, tarqatilayotgan axborotning haqqoniyligi va uni jamoatçilik fikrini boşqariş yölida suiiste’mol qilinişiga yöl qöymaslik uçun medianing mas’uliyati beqiyosdir. Turli dezinformatsiya va axborot hujumlari davlatlarimiz va xalqlarimiz örtasida tuşunmovçilik hamda ixtilof paydo bölişiga sabab bölmasligi kerak.
Söz ixtilof emas, balki özaro anglaşuv manbai bölişi lozim. Zamonaviy medianing birlaştiruvçi missiyasi aynan şunda — jamiyatlarimiz bir-birini yaxşiroq tuşunişiga va döstona riştalarni mustahkamlaşga xizmat qilişdir».
Hamkorlikning tört ustuvor yönalişi
Fyodor Dostoyevskiyning maşhur söziga işora qilib, «Harakatdan töxtagan OAVda kelajak bölmaydi, demak, boş vazifa — yaratuvçanlik va hamkorlikdadir», degan ğoyani ilgari surgan Şerzod Asadov Özbekiston va Rossiya örtasidagi şeriklikning 4 ta ustuvor yönalişi böyiça aniq takliflarni ilgari surdi:
Tajriba va kadrlar tayyorlaş: Rossiyaning boy an’analarga ega jurnalistika maktabi hamda Özbekistonning rivojlanayotgan jamiyat şaroitida tezkor raqamli transformatsiya borasidagi noyob tajribasini birlaştiriş. Bu borada tizimli stajirovkalar, qöşma jurnalistika maktablari va umumiy ta’lim platformalarini yaratiş taklif qilindi.
Dezinformatsiyaga qarşi birgalikda kuraşiş: Özbekistonda bu borada maxsus ta’lim platformasi yölga qöyilib, 11 ming yoş mutaxassis öqitilgan. «Yolğon haqiqatdan tezroq tarqalayotgan dunyoda faktlarni birgalikda himoya qiliş — axborot makonidagi umumiy suverenitetimiz masalasidir», deya ekspertlar salohiyatini birlaştiriş va axborotni tekşirişning umumiy standartlarini yaratiş taşabbusi bildirildi.
Texnologik şeriklik: Raqamli platformalar, sun’iy intellekt va Big Data bilan işlaşda qöşma işlanmalar yaratiş. Bu ikki davlatga global trendlar ortidan quviş emas, balki trendlarni birgalikda belgilaş imkonini beradi.
Töğridan-töğri aloqalar: Kelişuvlar faqat real, amaliy munosabatlar mavjud bölgandagina samara beradi. Tahririyatlar, jurnalistlar va blogerlar örtasidagi muntazam aloqalar barqaror şeriklikning muhim mozaikasi bölib qolişi zarur.
Döst topgan — xazina topar
Prezident matbuot kotibi öz nutqini uluğ mutafakkir Alişer Navoiyning «Kimki döst topsa, xazina topibdi» degan hikmatli sözlari bilan yakunladi.
Ta’kidlanganidek, Toşkentdagi uşbu forum iştirokçilarga işonçli va istiqbolli hamkorlar topiş, muştarak loyihalarni boşlaş va xalqlarimiz örtasidagi köp asrlik döstlik aloqalarini yangi amaliy mazmun bilan boyitiş uçun muhim start maydoni bölib xizmat qiladi.
Forum işi törtta yirik panel sessiyasi, kibermakonda axborot xavfsizligi va bolalarni himoya qiliş böyiça maxsus seminar hamda B2B muzokaralari bilan davom etmoqda.
Rasmiy axborot
