18-noyabr kuni Toşkent şahrida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi va BMT Qoçoqlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi hamkorligida oliy ta’lim muassasalari talabalari uçun «Fuqarosizlik va xalqaro himoya sohasidagi xalqaro standartlar» mavzusida ma’ruza bölib ötdi.
Tadbir Milliy markaz va BMT Qoçoqlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining 2026-yilga möljallangan Qöşma tadbirlar rejasi doirasida taşkil etildi. Unda Toşkent davlat yuridik universiteti, Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi va Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi talabalari hamda kursantlari iştirok etdi.
Ma’ruzani
BMT Qoçoqlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi himoya masalalari böyiça yordamçi xodimi Baljan Oşakbayeva hamda yetakçi huquqiy eksperti Meyram Rahimbekov taqdim etdi. Asosiy e’tibor talabalarni fuqarosizlik va xalqaro himoya sohasidagi xalqaro standartlar bilan taniştiriş hamda ularning bu boradagi huquqiy bilimini oşirişga qaratildi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan har bir insonning fuqarolikka bölgan huquqi boşqa huquqlarni amalda röyobga çiqariş uçun asos bölişi qayd etildi. Fuqarolikni olişning asosiy usullari, şuningdek, «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunda nazarda tutilgan asoslar körib çiqildi.
Tinglovçilarga fuqaroligi bölmagan şaxs, fuqaroligi aniqlanmagan şaxs va fuqarosizlik xavfi ostidagi şaxs tuşunçalarining farqi tuşuntirildi. Pasportning yöqligi hali fuqarosizlikni anglatmasligi, fuqaroligi aniqlanmagan şaxs maqomi esa tekşiruvning oraliq natijasi bölib, yakuniy huquqiy maqom hisoblanmasligiga e’tibor qaratildi.
Fuqarosizlikning sabablari körib çiqildi. Xususan, davlatlar vorisligi, qonunçilikdagi böşliq va kolliziyalar, kamsitiş, fuqarolikdan mahrum etiş, tuğilişni qayd etmaslik va hujjatlarning yöqligi kabi omillar tahlil etildi.
1954 yilgi Fuqaroligi bölmagan şaxslar maqomi töğrisidagi konvensiyada bunday şaxslarga munosabatning minimal standartlar belgilangan bölsa, 1961 yilgi Fuqarosizlikni qisqartiriş töğrisidagi konvensiya esa tuğilişda va undan keyin fuqarosizlikning oldini oluvçi kafolatlarni nazarda tutadi. Ma’ruzaçilar fuqaroligi bölmagan şaxs maqomini e’tirof etiş fuqarolikni avtomatik tarzda berişni anglatmasligiga e’tibor qaratdilar.
Inson huquqlari böyiça V Samarqand forumining BMT Boş Assambleyasi rasmiy hujjati sifatida e’lon qilingan «Samarqand nigohi – 2040» yakuniy hujjati haqida ham fikr yuritildi. Binobarin, unda 2040-yilga qadar fuqarosizlik holatlarini sezilarli darajada qisqartirişga intiliş ifoda etilgan.
Ma’ruza davomida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 14-moddasida közda tutilgan boşpana izlaş huquqi va joriy yilda 75-yilligi nişonlanayotgan 1951 yilgi Qoçoqlar maqomi töğrisidagi konvensiya haqida söz bordi. Qoçoq tuşunçasi, majburan qaytarib yubormaslik tamoyili, qoçoqlarning huquqlari, şuningdek, 1967 yilgi Protokol bilan qoçoq tuşunçasidagi vaqt va geografik çeklovlar olib taşlangani haqida ma’lumot berildi.
Ma’ruzaçilar BMT Qoçoqlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining mandati va faoliyatiga ham atrofliça töxtaldilar. Ma’lumotlarga köra, sönggi ön yilda dunyoda majburan köçirilgan şaxslar soni 65 milliondan 117,2 millionga yetib, qariyb ikki barobar oşgan, 4,5 millionga yaqin kişi esa fuqarolikka ega emas.
Ma’ruza Milliy markaz va BMT Qoçoqlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi tomonidan şu haftada ötkazilgan öquv tadbirlari turkumi doirasida ötkazildi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
