Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIGA KIRITILISHI TAKLIF ETILAYOTGAN O‘ZGARTISHLAR MAMLAKATNING ADOLATLI JAMIYAT QURISHDAGI INTILISHLARIGA HAMOHANG

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy konun loyihasining muhokamasi xorijiy ekspertlar hamjamiyati vakillarining xdm dikkat markazida bo‘lib turibdi.

Ekspertlar fikrlariga ko‘ra konstitutsiyaviy islohot muhim zarurat bo‘lib, zamonaviy sharoitda u nafakat O‘zbekistonning demokratik tarakhiyotiga, balki Markaziy Osiyo mintakasi va butun Yevroosiyoda barkarorlikni ta’minlashga xizmat kiladi.

Gabor HAMZA,

Etvosh Loran universiteti professori, kiyosiy konstitutsiyaviy xukuk, bo‘yicha mutaxassis (Vengriya):

— Mening mutaxassisligim qiyosiy konstitutsiyaviy huquq bo‘lganligi uchun hozirda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqishim juda baland.

Joriy yil 20 iyun kuni Urganch shahrida “Inson — jamiyat — davlat” konstitutsiyaviy tamoyilini amalga oshirish: milliy va xorijiy tajriba” mavzuida xalqaro konferensiya ishida qatnashib, konstitutsiyaviy islohotlarning muhimligi va dolzarbligi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni olgan edim.

O‘tgan shanba kuni rasmiy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan tanishib chiqib, bunda taklif etilayotgan yangi normalar uzoqni ko‘zlagan va keng qamrovli masalalarni o‘z ichiga olganining guvohi bo‘ldim.

Ushbu o‘zgartishlarning o‘ziga xos jihatlaridan biri sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha, xususan, davlatning atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirishi to‘g‘risidagi normaning kiritilishi dunyo hamjamiyatining ekologik muvozanatni saqlashga qaratilgan faoliyatiga O‘zbekiston ham o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘laganligini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, konstitutsiyaviy islohotlarning eng muhim jihati sifatida inson, jamiyat va davlat o‘rtasida mustahkam ko‘prik barpo etish maqsad qilinganligini alohida qayd etmoqchiman. Vengriyada 2012 yilda yangi Konstitutsiya qabul qilinganiga qaramasdan, bizda ham shunddy islohotlarni o‘tkazishning payti keldi. Chunki Konstitutsiya qotib qolgan dogma emas, u doimiy ravishda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga qarab zamon talablariga hamohang ravishda yangilanishi lozim

Aynan shu talablarni teran anglagan holda mamlakatingiz rahbari boshchiligida konstitutsiyaviy islohotlarning ilgari surilishi, maxsus komissiya tuzilib, xalqning o‘zidan takliflar olinib, qonun loyihasi holiga keltirilishi Yevropa, xususan, Sharqiy Yevropa davlatlari amaliyoti uchun ham yangilik hisoblanadi.

Sanjay PANDEY,

Javoharlal Neru universitetining Rossiya va Markaziy Osiyo tadkikotlari markazi professori (Xindiston):

— O‘zbekistonda so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida keng qamrovli, chuqur demokratik islohotlar jarayoni amalga oshirilmoqda. Barcha sohada — siyosiy, ma’muriy, huquqiy, ijtimoiy, diniy, iqtisodiy, savdo va boshqa yo‘nalishlarda ro‘y bergan o‘zgarishlar va muvaffaqiyatli islohotlarning eng muhim jixatlaridan biri, bu jarayonlarning ortga qaytmaydigan tus olganligidir. O‘z navbatida, O‘zbekistondagi keng qamrovli islohotlar jarayoni Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintakaviy hamkorlikning rivojlanishiga va sifat jihatidan yangi bosqichga chiqishida muhrm ahamiyat kasb etayotgani aloxida e’tirofga sazovor.

Siyosiy sohadagi islohotlar vaqt va izchil sa’y- harakatlarni talab qiluvchi murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayon davomida parlament, prezidentlik, sud, siyosiy partiyalar, saylov tizimiga bosqichma-bosqich va aniq o‘zgartishlar kiritiladi. Ushbu islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat va jamiyatning demokratlashuvini kafolatlaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda mamlakatdagi islohotlar jarayonini navbatdagi muhim bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bidairdi

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, qisqa vaqt davomida Konstitutsiyaviy komissiyaga fuqarolardan 60 mingdan ortiq turli takliflarning kelib tushganligi ushbu o‘zgartishlarning naqadar dolzarbligini yaqqol ko‘rsatdi.

Prezident komissiya a’zolari bilan muloqoti chog‘ida inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz xukuqlari va manfaatlari ustuvor masala ekanligini ta’kidladi. Bu borada tegishli muhim tuzatishlar taklif etildi. Xususan, o‘lim jazosining mamlakatda bekor qilinganligini konstitutsiyaviy mustahkamlash, huquq-tartibot organlari tomonidan shaxs qo‘lga olinganida uning huquqlari va nima sababdan ushlanganini sodda tilda tushuntirish, “Xabeas korpus” institutini rivojlantirish, sudlangan shaxslarning qarindoshlari mahkumning qilmishlari uchun jabr tortmasliklarini ta’minlash lozim. Mazkur masalalarda tegishli normalar Konstitutsiyada aks ettirilishi taklif qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, fuqarolarni zarur uy-joy, sifatli ta’lim, tibbiy xizmat, toza ichimlik suvi, munosib ish haqi, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, aholi turmush tarzini yaxshilash bugungi kundagi eng muhim vazifa ekanini ta’kidlab, “O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” degan tamoyilni Asosiy Qonunda mustahkamlash konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishini bildiradi.

Erkin va adolatli fuqarolik jamiyati rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar yana bir ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tildi. Bu borada mahalla institutini ezgulik va milliy an’analar beshigi sifatida rivojlantirish bo‘yicha bildirilgan takliflar har tomonlama o‘rinli va dolzarb, deb hisoblayman.

Davlat rahbari tomonidan O‘zbekistonda insonparvar, demokratik xukuqiy davlat qurish masalasi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etidai. Bu borada davlat organlari faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlikni ta’minlash qoidalariga aloxida e’tibor qaratildi.

Oliy Majlisning hukumatni shakllantirish va muhim lavozimlarga tayinlash bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish, joylarda hokimiyatning bo‘linishi tamoyilini hayotga tatbiq etish, mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini yuksaltirish, hokimlarning xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini oshirish masalalari bugungi kundagi islohotlar jarayonining muhim qismi ekanligiga to‘liq qo‘shilaman.

Shuningdek, taklif etilayotgan o‘zgartishlarda Konstitutsiyaga “O‘zbekiston barcha davlatlar, eng avvalo, o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan tinchlikparvar va do‘stona siyosat yuritishi, uning tashqi siyosati inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning hududiy yaxlitligiga oid prinsip va normalarga asoslanishi” haqidagi moddani qo‘shish taklifini qo‘llab-quvvatlayman. Bu O‘zbekistonning mintaqada olib borayotgan ochiq, do‘stona tashqi siyosatida qat’iy ekanini dunyo hamjamiyatiga namoyish etadi.

O‘ylaymanki, taklif qilinayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning referendum yo‘li bilan amalga oshirilayotganligi Asosiy Qonunning mamlakatdagi har bir fuqaroning farovon hayoti va kelajagi uchun tutgan ahamiyatini ko‘rsatadi.

Maks SEY,

Malayziyaning “Kingsley Strategic Institute” ijrochi direktori:

— O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar va islohotlar dinamikasida Konstitutsiya ham taraqqiyotga zarurat sezmoqda. Bu, avvalo, respublika fuqarolarining konstitutsiyaviy xukuklarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartishlar “Inson — jamiyat—davlat” tamoyiliga asoslangani va O‘zbekistonning amaldagi Asosiy Qonunining ko‘plab boblari bo‘yicha o‘zgartishlar nazarda tutilayotgani quvonarlidir.

Shuningdek, 60 mingdan ortiq takliflar tushganidan dalolat beruvchi konstitutsiyaviy islohotlar g‘oyasini O‘zbekiston xalqi juda yuqori darajada ko‘llab-kuvvatlashini ham qayd etishni istardim.

Ishonchim komilki, O‘zbekistonda bo‘lajak konstitutsiyaviy islohotlar aholi farovonligi va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.

Frederik STARR,

AQShning Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti asoschisi, professor:

— O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar, butun mintaqa uchun juda istiqbolli va alohida ahamiyatga ega, deb o‘ylayman. Men ularni juda ijobiy deb bilaman, chunki islohotlar fuqarolarning huquqlarini avvalgidan ko‘ra aniqroq belgilaydi, shu bilan birga, adolatning rolini oshiradi, O‘zbekistonning ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurishdagi intilishlarini ifodalaydi.

Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoevning eskicha “Davlat — jamiyat — inson” g‘oyasini “Inson — jamiyat — davlat” tamoyiliga o‘zgartirishi juda muhimdir.

Asosiy Qonunni sezilarli darajada yaxshilashi mumkin bo‘lgan ko‘plab taklif etilayotgan o‘zgartishlarni ta’ksdlashni istardim. Davlat organlari faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlikni ta’minlovchi normalar kerak. Viloyatlar rahbarlari bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilishi to‘g‘risidagi normani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash nafaqat byurokratiyadan xalos etadi, balki mahalliy darajadagi hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati darajasini oshiradi.

100 ming kishidan iborat fuqarolar guruhiga davlat manfaatlarini ilgari suruvchi qonunchilik tashabbusi huquqini berish ham ahamiyatlidir.

Haqiqat shundaki, Konstitutsiya tahlil, munozara va milliy bahs jarayonidir. O‘zbekistonda bu jarayon shaffof va inklyuziv bo‘lishiga ishonchim komil.

Bizningcha, Konstitutsiyaviy hukuk instituti bo‘lishi kerak. Ushbu muassasa Konstitutsiya, konstitutsionizm va fuqarolarning xukuqlari hamda burchlarini muhokama qilish uchun ham dolzarb. Rivojlanayotgan Konstitutsiyaga bo‘lgan bunday milliy e’tibor islohotlar samaradorligini ta’minlovchi mustahqam poydevor bo‘ladi.

O‘zbekistonning faol diplomatik sa’y-harakatlari va yaxshi qo‘shnichilik siyosati mintaqa taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston yakka ijrochi emas, balki o‘tmishdagidan ko‘ra bir-birini yaxshiroq tushuna boshlagan, umumiy til topa olgan va muammolarni hal qilish uchun birlashayotgan Markaziy Osiyo davlatlarining teng a’zosi. Bu mintaqaning rivojlanishi uchun ham juda muhimdir.

Markaziy Osiyo okeanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yagona mintaqadir. Bu hududdagi mamlakatlar Janubga yo‘l ochishi kerakligini yaxshi anglashadi. Bu ularga Janubi- Sharqiy Osiyoning ulkan bozori bilan savdo qilish imkoniyatini beradi. Eng samarali yo‘l esa Afg‘oniston orqali bo‘ladi.

O‘zbekiston nafaqat yetakchi, balki, eng muhimi, mintaqalarning o‘zaro bog‘liqligini kengaytirish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarning muvofiqlashtiruvchisi hamdir. O‘zbekiston ushbu muhim masalalarni ilgari surish, shu jumladan, “Tolibon”ning Afg‘oniston orqali o‘tadigan savdo va tranzit yo‘llariga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish yo‘llarini topishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Demak, Toshkentga, butun Markaziy Osiyo davlatlariga ushbu masalaga jiddiy yondashgani uchun tasanno, deymiz. Menimcha, bu mintaqa kelajagining kalitidir.

Nuriy QIZILChA,

Eron Islomiy Kengashi Majlisidagi Eron — O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari:

—Har bir davlat o‘zining Bosh qomusi mukammal bo‘lishini va uni mamlakat fuqarolarining talab hamda takliflariga so‘zsiz javob bera olishini xohlaydi. Ushbu yo‘nalishda doimiy izlanishlar olib boradi, shu bilan birga, xorijiy tajribani chuqur o‘rganadi. Eronning Konstitutsiyasi 1979 yilda umumxalq referendumi asosida qabul qilingan. Oradan 10 yil o‘tib, 1989 yilda Konstitutsiyaga qator o‘zgartishlar kiritilgan. Xususan, Eronda prezidentlik instituti joriy etildi, hukumatni shakllantirishning mexanizmlari hamda uning huquq va majburiyatlari aniq qilib belgilab beridai.

Eron Konstitutsiyasiga kiritilgan ushbu o‘zgartishlar jarayonida Bosh qomusimiz xalqimiz tarixi, qadriyatlari hamda milliy davlatchiligimizning ustuvor g‘oyalari ustiga qurildi, Belgiya, Fransiya va boshqa davlatlarning tajribalaridan foydalanilgan.

O‘zbekistonda bu borada olib borilayotgan amaliy ishlarni olqishlaymiz.

Men 2021 yilda o‘tkazilgan Prezident saylovida xorijiy kuzatuvchi sifatida O‘zbekistonga borgan edim. Ovoz berish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent shahri va viloyatidagi 18 dan ortiq saylov uchastkalarida bo‘lib, saylovchilar bilan muloqotlar o‘tkazdim.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatingiz fuqarolari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar jarayonida O‘zbekistonda qisqa muddatlarda amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi islohotlar samarasini bevosita his etdim.

Yoshidan qat’i nazar, saylovchilarning ovoz berish uchun uchastkalarga faol tashrif buyurishi va ularning a’lo kayfiyati men uchun kutilmagan holat bo‘ldi. O‘zbekistonga amalga oshirilgan ushbu safarim asnosida bevosita o‘zbek xalqining yuqori darajadagi siyosiy ongini, Prezident Shavkat Mirziyoevga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tiborini his qildim. Bularning barchasi davlatingiz rahbarining xalqchilligi, o‘z fuqarolariga bo‘lgan cheksiz muhabbatidan dalolatdir.

O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar o‘zbek davlatchiligi, fuqarolik jamiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish masalasini umumxalq referendumi o‘tkazish orqaligina hal qilish bo‘yicha ilgari surgan tashabbusi ushbu so‘zlarimning yana bir isbotidir.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston Bosh qomusiga kiritilayotgan o‘zgartishlar, xususan, Konstitutsiyada inson, uning hayoti va qadr-qimmatini ulug‘lash, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, O‘zbekistonda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish, “O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” g‘oyalarini mustahqamlash, ekologik-huquqiy normalar va elektron hukumatni rivojlantirish asoslarining ifoda etilishi bo‘yicha takliflar bizda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ushbu takliflar hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqani hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasining bugun dunyo hamjamiyatida ro‘y berayotgan siyosiy- iqtisodiy jarayonlar, texnologik taraqqiyot va shakllanayotgan yangi muhit talablari bilan hamnafas bo‘lishini taminlashga qaratilgan, desam, mubolag‘a qilmagan bo‘laman.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqiga ushbu muhim siyosiy tadbirni o‘tkazishda muvaffaqiyat tilayman.

Izro MALAKOV,

Nyu-York shahridagi “Shashmakom” maktabi asoschisi va rahbari, O‘zbekiston xalk, artisti:

— “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga  o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan jamoamiz to‘liq tanishib   chiqdi. O‘tkazgan  muhokamalar jarayonida har bir soha, xususan, ijtimoiy jabhalar to‘liq qamrab olinganligini kuzatdik.

Konstitutsiyaga kiritilishi taklif qilingan o‘zgartish va qo‘shimchalar referendum jarayonida tasdiqlangan taqdirda, ushbu hujjat O‘zbekiston xalqining siyosiy-xukuqiy tafakkurining yuksak namunasi, qolaversa, mamlakatning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi, deb hisoblayman.

O‘zbekistonda boshlangan ulkan islohotlarni samarali amalga oshirishda ushbu masalalarning ahamiyati kun sayin tobora ortib borayotganini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.

Aynan shu sababli, O‘zbekiston yoshlariga Konstitutsiyani chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilishni hayot tajribasiga ega inson sifatida maslahat beraman.

Tug‘ilib o‘sgan yurtimizdan olisda istiqomat qilishimizga qaramay, O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni muntazam kuzatib boryapmiz. Fursatdan foydalanib, ona Vatanimda olib borilayotgan islohotlarni to‘liq ko‘llab-kuvvatlashimni yana bir bora ta’kidlamoqchiman.

Parmjit SINGX,

Osiyo — Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti raisi (Malayziya):

— Malayziya akademik doiralari vakili sifatida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning insoniyat yangi il- miy va texnologik bosqichga qadam qo‘ygani haqidagi fikrlariga to‘liq qo‘shilaman. Dunyoda fundamental transformatsiya jarayonlari va raqobat kuchaymoqda. Ertangi kunni o‘ylaydigan xalqlar va davlatlar o‘z kelajagiga har qachongidan ko‘ra jiddiyroq munosabatda bo‘ladi.

O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotni amalga oshirishni juda dolzarb, deb hisoblayman. Konstitutsiya suveren demokratik davlat qurishning asosiy xukukiy va qonunchilik bazasi sifatida zamon talablariga javob berishi kerak. Uning ustuvor yo‘nalishlaridan biri — iqtisodiy islohotlar va boshqa sohalardagi o‘zgarishlar jarayonini amalga oshirishda inson manfaatlarini taminlashdir.

O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy o‘zgarishlar va umuman, mamlakat hayotiga tatbiq etilayotgan islohotlar “Inson — jamiyat — davlat” tamoyili asosida amalga oshirilayotgani quvonarlidir.

Ishonchim komilki, O‘zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasi mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasining mustahkam xukukiy asosi va ishonchli kafolati bo‘ladi, o‘zbek xalqining ertangi farovon hayotini ta’minlaydi.

Markabay AAMATOV,

“Ala-Too” adabiy-badiiy jurnalining bosh muharriri, Qirg‘iziston xalk, shoiri:

 — Qardosh va qo‘shni O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan chuqur islohotlar, obodonchilik ishlari, inson xukuklarini ta’minlash borasidagi faoliyati Qirg‘izistonda ham mamnuniyat bilan qabul qilinmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Konstitutsiyasiga referendum orqali muhim yangi o‘zgartishlar kiritish xakidagi tashabbusi Qirg‘iziston ziyolilari orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Oxirgi yillarda O‘zbekistondagi katta o‘zgarishlar jahon jamoatchiligining diqqat markazida bo‘lishi oddiy holga aylandi. Chunki bu islohotlar birinchi galda O‘zbekiston fuqarolarining hayotini yaxshilash, ularning demokratik erkinligini ta’minlash va kengaytirishga qaratilgan.

Prezidentning ijtimoiy davlag barpo etish niyati hozirgi davrda xalq farovonligini ta’minlashning yagona usulidir. Unda ko‘zda tutilgan malakali tibbiy yordam, barcha uchun teng imkoniyatlar, ishsizlikdan himoyalanish, kafolatlangan ta’lim, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama ko‘llab-kuvvatlash — ijtimoiy davlatning asosiy vazifalaridir. Bu keng qamrovli ishlarni bajarish o‘ta qiyin va jiddiy vazifa. Bunday muhim va keng qamrovli dasturlarni Asosiy Qonun orqali mustahkamlab, amalga oshirish maqsad qilingani e’tirofga loyiq.

Barchamizga ma’lumki, ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur bo‘lgan iste’mol tovarlarining eng kam miqdori belgilab qo‘yilishini nazarda tutadi. U shaxs va uning oilasi munosib hayot kechirishi uchun yetadigan ish haqi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratishni talab qiladi. Bu kabi omillarning deyarli chegarasi ko‘rinmaydi. Bunday oliy niyatlarni amalga oshirishda o‘zbek qardoshlarimizga omad tilaymiz.

«Dunyo» AA.

 

Powered by GSpeech