Maoshini ololmayotgan mehnat migrantlariga yordam beriladimi? (+Video)

Xorijda ishlayotgan fuqarolar ish beruvchi bilan kelishmovchiliklarga uchrasa yoki kelishuvlarda belgilangan oylik maoshlarini, ustama mablag‘larini ololmasa, ularga qanday amaliy yordam ko‘rsatiladi?

—Shunday vaziyatlarda fuqarolarimiz Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin, — deydi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi Alisher Qodirov. — Buning uchun fuqaro ariza bilan murojaat qilib, ishlayotgan korxonasi haqida ma’lumot, ish beruvchining telefon raqamini yozib berishi kerak. Vakillarimiz ish beruvchi tashkilotning mutasaddilari bilan bog‘lanib, muzokara orqali vaziyatni ijobiy yechim topishiga harakat qilishadi.  

Agar masala ijobiy yechim topmasa, va’da qilingan oylik maosh ish beruvchidan undirib berishga erishilmasa, huquqiy xizmat davom ettiriladi. Ya’ni, fuqaroning ishlaganlik haqidagi hujjatlari asosida o‘sha mamlakat hududidagi mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish orqali fuqarolarning oylik maoshlari undirib beriladi.  

Suhbatning to‘liq shaklini O‘zAning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kuzatishingiz mumkin.      

N.Rahmonova,

N.Abduvoitov (video)

O‘zA

Powered by GSpeech