Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Niderlandiya maxsus kuçlariga ayollar jalb etilmoqda

Niderlandiyada sakkiz nafar ayol harbiy xizmatçi maxsus bölinmalar saralaş sinovlarida qatnaşiş uçun tayyorgarlikni boşladi. Mamlakat Mudofaa vazirligi davlat kotibi Derk Bosveyk taʼkidlaşiça, uşbu taşabbus qurolli kuçlar safida ayollar uluşini oşirişga qaratilgan.

- Bizga qurolli kuçlarda köproq ayollar kerak, -dedi u OAVga bergan intervyusida. - Ular har qanday darajada erkaklar bilan teng xizmat qila olişini körsatmoqçimiz.

Taʼkidlanişiça, joriy yil 1-sentabr holatida Niderlandiya qurolli kuçlaridagi 46,9 ming harbiy xizmatçining 6,2 mingdan ortiğini, yaʼni, qariyb 13 foizini ayollar taşkil etgan. Hukumat 2030-yilga borib bu körsatkiçni kamida 30 foizga yetkazişni maqsad qilgan.

Bosveyk saralaş jarayonida erkaklar va ayollarga bir xil talablar qöyilişini bildirdi. Nomzodlar uçun individual maşğulot dasturlari işlab çiqilgan, maxsus kiyimlar ajratilgan. Biroq armiyadagi ayrim anjomlar hanuz erkaklar uçun möljallangani tan olindi.

Mazkur taşabbus Niderlandiya harbiy salohiyatini oşiriş çoralari doirasida amalga oşirilmoqda. Byudjet loyihasida 2027-yil mudofaa xarajatlari uçun 28,9 milliard yevro ajratiş közda tutilgan. Şuningdek, 2030-yilgaça harbiylar, zaxiradagilar va fuqarolik xodimlarini öz içiga olgan mudofaa tizimi şaxsiy tarkibini 100 ming nafardan oşiriş rejalaştirilgan.

A.Mamatov, ÖzA

Nashr sanasi 12.11.2026 Ko'rishlar 118
Ulashish