Avvallari, kasallik turi va bemorning holati bo‘yicha nogironlikni qancha muddatga, qaysi guruhga belgilash hamda reabilitatsiya tadbirlarini aniqlashtirish haqida yagona standartlar mavjud bo‘lmagani va tizim raqamlashtirilmagani sabab nogironlikka doir xulosalarda va belgilashda xatoliklar mavjud bo‘lgan.
2025 yil 16 sentyabr kuni “Nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, endilikda bemorning ma’lumotlari asosida nogironlik guruhi va muddati, o‘zgalar parvarishi, tibbiy reabilitatsiya hamda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojligiga oid ma’lumotlar avtomatik ravishda inson omilisiz “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantiriladi.
Tizim dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025 yil 1 oktyabrdan respublikaning qolgan hududlarida ishga tushiriladi.
O‘zA
- Qo'shildi: 30.09.2025
- Ko'rishlar: 235
- Chop etish