Bu haqda UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, bu qadam mamlakatda erishilgan muhim natijalarga, jumladan, joriy yil may oyida qabul qilingan “Bolalarni har qanday zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun hamda har bir bolani samarali himoya qilishga qaratilgan sohalarlararo strategiya va harakatlar rejasi ishlab chiqilayotganiga asoslanadi.
"Bu bolalarni himoya qilish yoʻlidagi muhim qadamdir. Ushbu majburiyat mamlakat erishgan sezilarli yutuqlarga asoslanadi. Jumladan, joriy yilning may oyida “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Hozirda har bir bolani amaliy himoya qilishga qaratilgan tarmoqlararo strategiya va harakatlar rejasi ishlab chiqilmoqda.
UNICEF Oʻzbekiston hukumati bilan yelkadosh boʻlib mazkur saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashdan faxrlanadi. Har bir bola uyda, maktabda va jamiyatda xavfsiz va qoʻllab-quvvatlovchi muhitda ulgʻayishi uchun birgalikda harakat qilamiz," — deyiladi xabarda.