Reytingda jinoyatchilik darajasi pastligi, jamoat joylarida oʻzini erkin his qilish imkoniyati va huquqni muhofaza qilish organlariga ishonch darajasi hisobga olinadi.
Qoʻshni davlatlardan Qozogʻiston 73-oʻrinni, Qirgʻiziston esa 101-oʻrinni egalladi. Afgʻoniston roʻyxatda 145-oʻringa joylashdi. Turkmeniston va Tojikiston bu yilgi indeksga kiritilmagan.
Numbeoʻning maʼlumotlariga koʻra, Singapur, Quvayt va Tayvan eng xavfsiz davlatlar roʻyxatida yetakchilik qilmoqda. Oʻzbekiston esa Yevropa va Osiyoning koʻplab rivojlangan davlatlaridan ham yuqori oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻldi. Mutaxassislar bu natijani mamlakatda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan xavfsizlik sohasidagi raqamli monitoring, profilaktik chora-tadbirlar va huquqni muhofaza qilish tizimining islohoti bilan bogʻlamoqda.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»