"O‘zbekistonda xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi" doirasida "Erkin fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ishtirokchilari O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi yutuqlarini yuksak baholab, mamlakat ochiq ma’lumotlar indeksida jahon bo‘yicha 30-o‘rinni va Markaziy Osiyoda peshqadam mavqeni egallaganini alohida ta’kidladilar.
2017-2024 yillarda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining 2 ming 250 ga yaqin loyihalari amalga oshirilishi uchun mablag‘ ajratilgan.
Xorijiy mutaxassislar tomonidan "O‘zbekiston–2030" strategiyasiga alohida e’tibor qaratilib, ushbu hujjatda belgilangan xalqaro standartlarga mos keladigan ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarini yaratish, adolatli va zamonaviy davlat boshqaruvini shakllantirish kabi maqsadlar yuksak baholandi. Strategiyaning amalga oshirilishi O‘zbekistonni 2030 yilga kelib dunyoning eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlari qatoriga kiritishi ta’kidlandi.
Konferensiya yakunida ishtirokchilar O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator muhim taklif va tavsiyalar ilgari surdilar.
Kun.uz
- Qo'shildi: 25.10.2024
- Ko'rishlar: 959
- Chop etish