2025 yil 1 martdan boshlab pensiya tayinlashda fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.
Yoshga doir pensiyalarni fuqarolarning murojaatisiz tayinlash tartibi joriy qilinadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, pensiya ta’minoti tizimiga axborot texnologiyalarini faol joriy qilish orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bosqichma-bosqich interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, 2025 yil 1 martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar “avtomatik” tarzda, ya’ni hech qanday hujjat talab etmagan holda hamda fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi. Bunda fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar (yoshi, jinsi, ish staji, ish haqi, to‘langan ijtimoiy soliq summasi va oila tarkibi kabilar) vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.
Oldinroq O‘zbekistonda pensiyaning eng kam miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligi belgilangani xabar qilingandi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 15.02.2024
- Ko'rishlar: 2290
- Chop etish