Reglament I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga yoki 18 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor bolaga, shuningdek, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan qariyalarga qarab turish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning tartibini belgilaydi.
Reglament umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish shartnomasi asosida oʻzga shaxslarga qarab turish munosabatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qarab turuvchi shaxsning mehnat stajini tasdiqlovchi maʼlumotnoma bir yil muddatga rasmiylashtiriladi.
Hujjat quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- oʻzgalarning parvarishiga muhtoj odamlarga qarab turish majburiyati yuklangan alohida shaxslarga davlat xizmatini koʻrsatish, parvarish holatini tekshirish toʻgʻrisida;
- Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, shuningdek YAIDXP orqali elektron shaklda soʻrovnomani toʻldirish, ularni koʻrib chiqish va natijalarni yuborish;
- berilgan maʼlumotnomalar reyestrini shakllantirish va yuritish.
Reglament 3 oydan keyin kuchga kiradi va toʻliq joriy etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 2024-yil 4-sentyabrdan kuchga kiradi, deb xabar beradi “Norma” portali.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati