Holat yuzasidan L.Oʻroqovga nisbatan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (18 750 000 soʻm) miqdorida jarima qoʻllanildi.
Eslatma:
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.
Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelsangiz Bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari yoki 1282 — qisqa raqami hamda @munosibmehnat_bot telegram boti orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishlaringiz mumkin!
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati» DM