Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Prezident Şavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasidagi (COP31) nutqidan asosiy fikrlar

– Özbekiston iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça global saʼy-harakatlarni izçil qöllab-quvvatlab kelmoqda. Yangi taraqqiyot modelini “yaşil” texnologiyalar asosida, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda qurmoqda;

–Özbekiston yalpi içki mahsuloti birligiga töğri keladigan gaz çiqindilarini 35 foizga qisqartiriş borasidagi maqsadini muddatidan oldin bajardi. 2035-yilga borib, zararli çiqindilarni 50 foizga kamaytiriş böyiça yangi marrani belgiladi;

–Ön yil içida iqtisodiyotda suv sarfi deyarli ikki baravarga, havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beşdan bir qismga kamaydi. Suğoriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovçi texnologiyalar joriy etildi;

–Özbekiston kelgusi yildan Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qiladi va transçegaraviy havzalarni boşqarişdek masʼuliyatli vazifani yuqori saviyada amalga oşirişga tayyor;

–Yerlarni keng kölamda qayta tiklaş işlari olib borilmoqda. Örmonlar maydoni olti million gektarga köpaytirildi, uning uçdan bir qismi Orolböyi hududiga töğri keladi;

–Uç milliard dollardan ortiq investitsiya yönaltiriladigan “Çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasi” joriy etildi;

–Mamlakatning har beşinçi fuqarosi – maktab öquvçisi yoki talaba. Tizimli ekologik taʼlim-tarbiya tufayli 2050-yilga borib, Özbekiston aholisining törtdan uç qismi tabiatni asraş böyiça puxta bilimga ega böladi;

–Iqlim muammolariga heç bir davlat yolğiz holda yeçim topa olmaydi. Markaziy Osiyoda muzliklarning erişi, suv tanqisligi, qurğoqçilik kabi xatarlarning kölami ortmoqda. Umumiy tahdidlar mintaqa davlatlaridan muştarak harakatlarni talab qiladi;

–Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusi ilgari surildi. Uşbu hamkorlikni uçta asosiy yönalişdan boşlaş taklif qilindi;

–Birinçisi – axborot yönalişi. Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari töğrisida maʼlumot almaşiş infratuzilmasini yaratiş zarur;

–Ikkinçisi – texnologik yönaliş. Özbekiston har yili ötkazadigan Markaziy Osiyoning “Eco Expo” körgazmasini mintaqaga mos zamonaviy ekologik yeçimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantirişni maqsad qilgan;

–Uçinçisi – moliyaviy yönaliş. Taraqqiyot banklari va maqsadli jamğarmalar bilan birgalikda Markaziy Osiyo uçun yangi kömak vositalari – imtiyozli grantlar, şuningdek, “moviy” va “arid” moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqiş taklif etildi.

ÖzA

Nashr sanasi 12.11.2026 Ko'rishlar 114
Ulashish