Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Bosh direktoratining inson taraqqiyoti, migratsiya, boshqaruv va tinchlik boshqarmasi direktori Erika Gerretsen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar inson taraqqiyoti indeksi, BRMni amalga oshirish, xavfsiz mehnat migratsiyasini tashkil etish kabi sohalarda hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, ushbu muhim yo‘nalishlarni rivojlantirish bilan birga, ijtimoiy inklyuzivlik va iqtisodiy barqarorlik bo‘yicha ilg‘or amaliyot va tajriba almashish, taʼlim, sog‘liqni saqlash sohalari hamda kambag‘allikka qarshi kurashish borasida samarali hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Yevropa Ittifoqi tomonidan parlamentarizmni mustahkamlash bo‘yicha “Inter Pares” global dasturi loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlarni faollashtirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISI SENATI
- Qo'shildi: 17.05.2024
- Ko'rishlar: 1915
- Chop etish