Senat Raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 149-Аssambleyasi doirasida tashkil etilgan “Tinch va barqaror kelajak uchun fan, texnologiya va innovatsiyalardan foydalanish” mavzusidagi debatda ishtirok etdi.
Unda O‘zbekiston tomonidan so‘nggi yillarda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilayotgani, bu borada qisqa vaqt ichida ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul qilingani qayd etildi.
“O‘zbekiston – 2030 strategiyasi”da zamonaviy texnologiyalarni jadal joriy etish va sanoatning turli tarmoqlarini raqamlashtirish asosiy ustuvor yo‘nalishlar qatorida belgilab berilganligi taʼkidlandi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekiston 2023-yilda Global Innovatsiyalar indeksi reytingida 2015-yilga nisbatan 40 pog‘onaga ko‘tarilgani alohida eʼtirof etildi.
Debat davomida delegatsiyamiz tomonidan kelgusida innovatsiya sohalarini rag‘batlantirish hamda parlamentlarning kadrlar salohiyatini oshirish va rivojlantirish yo‘nalishida tajriba almashish, fan va texnologiya sohasida global muloqotni kuchaytirish tashubbusini ilgari surdi.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati
- Qo'shildi: 16.10.2024
- Ko'rishlar: 988
- Chop etish